Kadastr agentligi uchun ma'muriy ishlarni ijro etish bo'yicha o'quv seminari

10.12.2021

Kadastr agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi va tuman boʼlimlari inspektorlarning maʼmuriy ish hujjatlarini rasmiylashtirish boʼyicha kasbiy malakalarini oshirish maqsadida Viloyat prokuraturasi va Viloyat IIB xuquqiy statistika va tezkor hisob maʼlumotlari boʼlimining malakali mutaxassislari ishtirokida oʼquv semenari tashkil etildi. Unda kadastr sohasida faoliyat olib borayotgan barcha masʼul hodimlar ishtirok etishdi. Аytib oʼtilganidek, bugungi kunda kadastr sohasidagi oʼzgarishlar, tizimda mavjud maʼmuriy amaliyotlarni rasmiylashtirish borasidagi tez va ishonchli maʼlumotlar bilan ishlarni tashkil etish borasida fikrlar bildirildi.