Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, xodimlarni uzluksiz tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarador mexanizmi joriy etiladi

02.04.2021

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi PF-6196-son Farmoniga asosan Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, xodimlarni uzluksiz tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarador mexanizmi joriy etiladi.

Quyidagilarni oʼz ichiga oluvchi Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish kontseptsiyasi ishlab chiqiladi:

- «Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burchimiz» kontseptual gʼoyasi asosida xodimlarni tarbiyalashni takomillashtirish chora-tadbirlari;

- ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning asosiy maqsadi va vazifalari;

- har bir hududiy ichki ishlar organida jasorat va vatanparvarlik gʼoyalarini aks ettiruvchi maʼnaviy-maʼrifiy burchaklarni (xonalarni) tashkil etish;

- mafkuraviy ishlarni amalga oshirishning asosiy yoʼnalishlari, shu jumladan tarbiyaviy ishlar, targʼibot-tashviqot ishlari, psixologik qoʼllab-quvvatlash, ijtimoiy-huquqiy himoya va madaniy tadbirlar;

- ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning asosiy yoʼnalishlarini amalga oshirish mexanizmlari;