Markazda "E-ma’muriy ish" tizimi bo‘yicha amaliyot mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamkorligida Farmasevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasining markaz va hududlardagi mas’ul xodimlari uchun sohadagi huquqbuzarliklarni “E-ma’muriy ish” tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha amaliy darslar tashkil etildi.
Ma’lumki, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 165¹-moddasida sifati past yoki qalbaki dori vositalari va tibbiy buyumlarni tarqatish maqsadida ularni ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoki sotish, shuningdek dorixonalardan tashqarida dori vositalarini realizatsiya qilish va retsept bo‘yicha sotish tartibini buzish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.
Ta’kidlash joiz, ushbu amaliy mashg‘ulotlar sohada aniqlangan huquqbuzarliklarga tezkor ta’sir choralarini qo‘llash hamda mazkur yo‘nalishdagi nazoratni kuchaytirish, qonunbuzilish holatlarini oldini olish va tizimli ishlarni yanada samarali yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
Manba: SSV huzuridagi "Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali