Maxsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yoʼl berish

06.08.2020

Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 17¹-moddasiga koʼra, tezkor va maxsus xizmatlarning koʼk yoki qizil yoxud koʼk va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yoʼl bergan haydovchilar tomonidan sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar foto- va videoqayd etish maxsus texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, haydovchilarning maʼmuriy huquqbuzarligi oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb topiladi va maʼmuriy ish tugatiladi.