O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Razzaqovich Bobojonovning "21 mart – Navro‘z umumxalq bayrami" munosabati bilan bayram tabrigi

20.03.2022

Ichki ishlar organlari xodimlari, harbiy xizmatchilari, taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tinglovchi-kursantlari, faxriylar hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolarini 21 mart – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan samimiy tabriklayman.

Qadimiy va navqiron Navro‘z bayrami yangilanish va ezgulik timsoli bo‘lib, xalqimizga xos odamiylik, mehr-oqibat, saxovat va muruvvat kabi olijanob fazilatlarni o‘zida mujassam etgani bilan ham barchamiz uchun nihoyatda qadrlidir.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “Navro‘z – chinakam xalq bayrami, milliy o‘zligimiz ko‘zgusi, maʼnaviy va madaniy hayotimizning ajralmas qismidir”, deya alohida taʼkidlaganlar.

Haqiqatan ham Navro‘z umuminsoniy g‘oyalari bilan insoniyat hayotidan tobora chuqur o‘rin egallamoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 21 mart – Xalqaro Navro‘z kuni, deb belgilangani, ushbu sanani jahonning ko‘plab davlatlarida keng miqyosda nishonlanishi, uning nufuzi va ahamiyati tobora yuksalib borayotganidan dalolat beradi.

Fursatdan foydalanib, Sizlarning el-yurt osoyishtaligi va xalqimiz farovonligini taʼminlash borasidagi sharafli xizmatingizda ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilayman.

Yurtimizga kirib kelgan Navro‘z bayrami - har bir xonadonga, har bir oilaga quvonch olib kelsin.

Barchangizga sihat-salomatlik, uzoq umr, baxt-saodat, dasturxoningizga qut-baraka tilayman.

Vazir

general-leytenant                                                                             P.RBobojonov