Oʼzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Qurilish nazorati inspektsiyasida “E-mamuriy ish” boʼyicha oʼquv-seminar mashgʼuloti oʼtkazildi
Qurilish nazorati inspektsiyasi va uning hududiy inspektsiyalarining yuridik xizmat xodimlari va maʼmuriy ish hujjatlarini yuritish boʼyicha hududiy inspektsiya inspektorlari onlayn videokonferentsaloqa (Zoom) orqali oʼquv amaliy seminar oʼtkazildi.
Seminar inspektsiya boshligʼining birinchi oʼrinbosari А.Soatov ochib kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib zarur tushintirish va topshiriqlar hamda inspektsiyaning bosh yuriskonsulti M.Moʼminjonov qabul qilingan qonun xujjatlari toʼgʼrisida tushintirishlar berdi.
Oʼzbekiston RespublikasiIchki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi katta inspektori Saidvaliev Umarjon Erkin oʼgʼli seminar ishtirokchilariga Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartirishlar va qoʼshimcha kiritish toʼgʼrisidagi Oʼzbekiston Respublikasining OʼRQ-688-son Qonuni va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 iyul kungi “Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʼgʼrisidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar haqida”gi 431-son Qarori talablaridan kelib chiqib, Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 99-moddasiga muvofiq qurilish jarayonida qonun buzilishi holatlariga yoʼl qoʼygan fuqarolarga va mansabdor shaxslarga nisbatan yigʼilgan maʼmuriy ish hujjatlarini, huquqbuzarliklar toʼgʼrisida yagona elektron ish yurituv “E-ma'muriy ish”tizimi orqali huquqbuzarliklar toʼgʼrisidagi maʼmuriy bayonnomalarni rasmiylashtirish elektron shaklda yuritish tartibi boʼyicha tushintirishlar berildi.
Seminar mashgʼulot davomida ishtirokchilar tomonidan tizimga oid qoʼshimcha taklif yuzaga kelayotgan muammolar boʼyicha savollarga tegishli tartibda javob berildi.
Qaror yuzasidan barcha masʼul boʼlgan organlar tomonidan har bir hujjatlarga alohida eʼtibor qaratilib, ularning elektron almashinuvi boʼyicha raqamlashtirishga bosqichma-bosqich oʼtib kelayotganligi taʼkidlab oʼtildi.