O'zbekiston Respublikasining qonuni

28.03.2020

Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 23 martda qabul qilingan. Senat tomonidan 2020 yil 24 martda ma'qullangan

1-modda. O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi qo'shimcha va o'zgartish kiritilsin:

 

1) quyidagi mazmundagi 2445-modda bilan to'ldirilsin:

«2445-modda. Karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to'g'ri kelmaydigan ma'lumotlarni tarqatish.

Karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklarning paydo bo'lishi hamda tarqalishi sharoitida karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to'g'ri kelmaydigan ma'lumotlarni tarqatish, – bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan ma'lumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda ko'paytirilgan matnda yoki ommaviy axborot vositalari, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog'i orqali tarqatish –

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to'rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;

2)2571-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo'lishi hamda tarqalishi sharoitida davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan o'tish va davolanish, karantinni o'tash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud bo'lgan davrda muloqotda bo'lingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilish to'g'risidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, –

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O'sha qilmish odamning o'limiga sabab bo'lsa, –

ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O'sha qilmish odamlarning o'limiga sabab bo'lsa, –

yetti yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».

2-modda. O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi  3812-moddasi birinchi qismining 1-bandi «2444-moddasi birinchi qismida (bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog'liq jinoyatlardan tashqari)» degan so'zlardan keyin «2445-moddasida» degan so'zlar bilan to'ldirilsin.

3-modda. O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:

 

1) III bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«III BOB. MAЪMURIY JAZO VA MAJBURLOV ChORASI»;

2) quyidagi mazmundagi  292-modda bilan to'ldirilsin:

« 292--modda. Karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo'lishi hamda tarqalishi sharoitida tibbiy yo'sindagi majburlov chorasini qo'llash

Karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo'lishi hamda tarqalishi sharoitida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzishga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan tegishli tibbiy asoslar mavjud bo'lgan taqdirda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi qo'llanilishi mumkin.

Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi o'ttiz sutkagacha bo'lgan muddatda ma'muriy jazo tayinlash bilan birga qo'llaniladi hamda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilangan joylarda ijro etiladi.

Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasining ijrosi davlat sanitariya nazorati, ichki ishlar va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari tomonidan ta'minlanadi»;

3) 54-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo'lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo'lish –

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo'lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo'lishi hamda tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan o'tish va davolanish, karantinni o'tash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud bo'lgan davrda muloqotda bo'lingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilish to'g'risidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, –

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o'ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o'ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi»;

4) 257-modda ikkinchi qismining ikkinchi – to'rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O'zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya inspektori va uning o'rinbosari;

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarma boshliqlari va ularning o'rinbosarlari;

davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmalari tuman (shahar) filiallarining mudirlari»;

5) 287-modda:

1-bandi «519» raqamidan keyin «54» raqami bilan to'ldirilsin;

9-bandidagi «61» raqami «54, 61» raqamlari bilan almashtirilsin;

6) 288-moddaning uchinchi qismidagi «56» raqami «54, 56» raqamlari bilan almashtirilsin.

4-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo'lgan o'z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko'rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o'rtasida tushuntirilishini ta'minlasin.

5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.