Oʼzbekiston “VETERAN”jangchi faxriy va nogironlar Birlashmasi Respublika Kengashining 14-son Plenum yigʼilishi
Oʼzbekiston “VETERAN”jangchi faxriy va nogironlar Birlashmasi Respublika Kengashining 14-son Plenum yigʼilishi Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Davlat muzeyida oʼtkazildi.
Joriy yilning 23 noyabrь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Davlat muzeyida Oʼzbekiston “VETERAN” jangchi faxriy va nogironlar Birlashmasi Respublika Kengashining 14-son Plenumi oʼtkazilib, anjumanda Birlashmaning Respublika kengashi, barcha viloyat kengash raislari, shu bilan birga boshqa davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlarining faxriy jangchilari qatnashdi. Yoshlarni vatanparvarlik, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda faxriylarimizni bosib oʼtgan shonli yoʼllarini oʼrganish katta ahamiyatga egadir. Biz yoshlarning burchimiz faxriylarimizni barchamizga oʼrnak boʼladigan hayotiy tajribalarini oʼrganish, ularga munosib shogird boʼlish.
Shunday faxriylardan biri, Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida uzoq yillardan beri xizmat qilib kelayotgan, hozirda Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi, Аxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish boshqarmasi boshligʼi, polkovnik Xakimov Аbduxamid Xabirovichdir.
Plenum yigʼilishida baynalminalchi jangchi, Birlashma Kengashi aʼzosi А.X. Xakimov “VETERAN” jangchi faxriy va nogironlar Birlashmasi Prezidiumining qaroriga asosan, “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun”medali bilan taqdirlanganligi Markazning shaxsiy tarkibini quvontirdi.
Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi