Poytaxt mintaqasi tamoyili asosida
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida jamoat xavfsizligini taʼminlash ushbu hududlardagi ichki ishlar va boshqa vakolatli organlarning mavjud kuch va vositalarini yagona “poytaxt mintaqasi” tamoyili asosida safarbar qilgan holda hamkorlikda amalga oshiriladi.
Toshkent shahridagi patrulь-post xizmati batalьonlari Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining bevosita boʼysunuvidan chiqarilib, toʼgʼridan-toʼgʼri tuman ichki ishlar organlari tarkibiga oʼtkaziladi va ularning kunlik xizmati mahallalar kesimida yoʼlga qoʼyiladi.
Jamoat tartibini ommaviy buzish bilan bogʼliq holatlar yuzaga kelganda poytaxtdagi barcha ichki ishlar organlari faoliyati, shuningdek, jamoat xavfsizligini taʼminlash boʼyicha vakolatli davlat organlari va jamoat tuzilmalari kuch va vositalarining yagona tezkor boshqaruvi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi zimmasiga, umumiy boshqaruvi ichki ishlar vaziri zimmasiga yuklatiladi.