Probatsiya xizmati faoliyati raqamlashtiriladi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi PF-6196-son Farmoniga asosan Probatsiya nazoratidagi shaxslarni masofadan turib nazorat qilishni taʼminlovchi zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etgan holda Probatsiya xizmati faoliyati raqamlashtiriladi. Xususan:
- probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini real vaqt rejimida kuzatish uchun elektron brasletdan foydalanish amaliyoti joriy etiladi.
- elektron brasletlarni hamda maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun server va ushbu tizimga aloqador qurilmalarni xarid qilinadi.
- monitoring qilishning zamonaviy mobilь texnologiyalarini tatbiq etiladi, maxsus dasturiy taʼminotni ishlab chiqiladi
- probatsiya nazoratidagi shaxslarni umumiy nazorat qilish uchun Ichki ishlar vazirligi probatsiya xizmatida yagona elektron monitoring (monitoring markazini) tashkil etiladi.