Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi
46-modda prim-2. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.