Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “E-ma'muriy ish” – tizimi bo‘yicha o‘quv seminar mashg‘uloti
Joriy yilning 17 sentyabr kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining hududiy faoliyat olib borayotgan yosh ofitser kadrlar bilan “Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarnii oldini olish va Davlat yong‘in nazoratini amalga oshirish” mavzusida o‘quv yig‘ini tashkillashtirildi.
Mazkur tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi 2021 yil 8 iyuldagi 431-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, amaliyotga joriy etilgan “E-ma'muriy ish” – tizimidan foydalanish mavzusida Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi malakali hodimlari bilan amaliyotga joriy etilgan tizimning imkoniyatlari, afzalliklari hamda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga oid elektron ish yuritish tartibi haqida xodimlarga batafsil tushuntirildi.
Kelgusida bunday uchrashuvlarni tez-tez tashkillashtirish yosh xodimlarning amaliyotda qo‘llanilib kelayotgan tizimni mukammal o‘rganish imkonini berishi bu esa elektron ma’muriy ish orqali xodimning vaqti tejalishiga olib kelishi aytib o‘tildi.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi