Toshkent viloyatida «Namunaviy shahar ichki ishlar organi» va «Namunaviy tuman ichki ishlar organi» loyihalari amalga oshiriladi

06.04.2021

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi PF-6196-son Farmoniga asosan Toshkent viloyatida «Namunaviy shahar ichki ishlar organi» va «Namunaviy tuman ichki ishlar organi» loyihalari amalga oshiriladi va eksperiment tariqasida, ichki ishlar organlari sanitariya tadbirlarini taʼminlash boʼyicha boʼlinmalari tashkil etiladi 

Аngren shahar va Boʼstonliq tumani ichki ishlar boshqarmalari negizida «Namunaviy shahar ichki ishlar organi» va «Namunaviy tuman ichki ishlar organi» loyihalarini amalga oshiriladi.

Bunda, asosiy eʼtibor ish uslubiga, aholiga xizmat koʼrsatish masalalariga, hamkorlik mexanizmlariga, raqamli texnologiyalarni joriy etish darajasiga va shaxsiy tarkib bilan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish choralariga qaratiladi.

Ikkita tuman (shahar) doirasida, eksperiment tariqasida, ichki ishlar organlari sanitariya tadbirlarini taʼminlash boʼyicha boʼlinmalarini tashkil etiladi.