Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi faoliyati bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi PF-6196-son Farmoniga asosan Аxborot tizimlari modernizatsiya qilinadi, arxiv faoliyatini hamda texnologiyalarini tatbiq etgan holda Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi faoliyati bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi.
Xususan:
- shaxsiy tarkib boʼyicha buyruqlar, pul taʼminotining shaxsiy kartochkalari va boshqa maʼlumotlardan iborat elektron arxivni shakllantiriladi;
- davlat xizmatlarini taqdim etishni rivojlantirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi Oʼzbekiston Respublikasi «Oʼzarxiv» tizimi va Davlat xizmatlari agentligi bilan oʼzaro integratsiya qilinadi.
Zamon talablaridan kelib chiqib, Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazining amaldagi axborot tizimlarini modernizatsiya qilinadi, maʼlumotlar bazalari boʼyicha qidirish kompleksini (rubrikator) yaratish va tegishli davlat organlari bilan integratsiya qilish choralari koʼrib boriladi.