Yangi transportlar DYHXX organlarida roʼyxatdan oʼtkazishda texnik koʼrikdan oʼtkazilmaydi

04.05.2022

Transportlar quyidagi muddatlarda texnik koʼrikdan oʼtkazilishi kerak:

- yoʼlovchilar tashuvchi yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va oʼrindiqlar soni 8 ta va undan ortiq boʼlgan, odamlar tashishga moʼjallangan yuk avtomobillari, maxsus transportlar va ularning tirkamalari – 1 yilda 2 marta;

- ishlab chiqarilganiga 6 yildan koʼp boʼlmagan transportlar – 2 yilda 1 marta;

- ishlab chiqarilganiga 6 yildan koʼp boʼlgan, ishlab chiqarilgan vaqti aniq boʼlmagan transportlar – 1 yilda 1 marta;

- tirkamalar texnik koʼrikka transport vositasi – shatakchi uchun belgilangan muddatlarda;

- navbatdagi texnik koʼrikdan oʼtkazishning ilgari oʼrnatilgan muddatlaridan qatʼi nazar, ularni DYHXX organlarida roʼyxatdan oʼtkazish vaqtida.

Yangi transportlar DYHXX organlarida roʼyxatdan oʼtkazishda texnik koʼrikdan oʼtkazilmaydi.