O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasida elektron ish yurituv doirasidagi “E-mamuriy ish” tizimi bo‘yicha o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi

19.11.2021

Joriy yilning 19 noyabr kunida, O‘zbekiston Respubliksi Harbiy prokuraturasi prokuror tergov xodimlarining kasb mahorati va malakasini oshirish maqsadida, Ichki iishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi katta inspektori Saidvaliev Umarjon Erkin o‘g‘li tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 iyuldagi “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hakida” 431-son qarori ijrosini ta’minlash, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi yagona elektron ish yurituv doirasidagi “E-mamuriy ish” tizimidan foydalanishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida, ma’muriy ishlarni elektron shaklda yuritish vakolatli organlarning tegishli tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ma’muriy ish hujjatlari “E-ma'muriy ish” tizimiga elektron shaklda kiritilishi orqali amalga oshirilishi, ma’muriy ishlarni qogoz shaklda yuritish zarurati yuzaga kelganda, ushbu hujjatlar ”E-ma'muriy ish” tizimiga elektron shaklda kiritilishi hamda uning qog‘oz shakli bevosita vakolatli organda saqlanishi, ma’lumotlar elektron shaklda idoralararo axborot almashish orqali amalga oshirilishi, vakolatli organlar tomonidan huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvox, va xolislar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sudga yuborish, shuningdek, sudda ishni ko‘rish bilan bog‘liq ma’lumot almashinuvi faqat “E-ma'muriy ish” tizimi orqali amalga oshirilshi, vakolatli organlar tomonidan huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganda sudlarning vakolatiga kiradigan ma’muriy ishlar “E-ma’muriy ish” tizimi orqali tegishli sudlarga yuborilishi, ta’kidlab o‘tdi hamda xodimlarni qiziqtirgan boshqa savollarga javob berdi.

Yuqoridagi mazkur qaror yuzasidan barcha mas’ul bo‘lgan organlar tomonidan har bir hujjatlarga alohida e’tibor qaratilib, ularning elektron almashinuvi bo‘yicha raqamlashtirishga bosqichma-bosqich o‘tib kelayotganligi ta’kidlab o‘tildi.

Kelgusida, “E-ma'muriy ish” tizimi orqali ish yuritishda samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, avval yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni takrorlamaslik choralari ko‘rish bo‘yicha tegishli chora-tabdilar rejasi kelishib olindi.

Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi