O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida elektron ish yurituv doirasidagi “E-ma'muriy ish” tizimi bo‘yicha o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi

11.01.2022

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 iyuldagi Mamuriy huquqbuzarliklar togrisidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar haqidagi 431-son Qarori ijrosini taminlash maqsadida, Ozbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy apparati va uning hududiy masul xodimlari ishtirokida mamuriy huquqbuzarliklar togrisidagi yagona elektron ish yurituv doirasidagi E-ma'muriy ishtizimi boyicha oquv-seminar mashguloti otkazildi

O‘zbekiston Respubliksi Milliy gvardiyasi xodimlarining kasb mahorati va malakasini oshirish maqsadida, Ichki iishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi bo‘lim boshlig‘i Isxakbekov Bekzod, katta inspektor Saidvaliyev Umarjonlar tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 iyuldagi “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hakida” 431-son qarori ijrosini ta’minlash, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi yagona elektron ish yurituv doirasidagi “E-ma'muriy ish” tizimidan foydalanishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida, ma’muriy ishlarni elektron shaklda yuritish vakolatli organlarning tegishli tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ma’muriy ish hujjatlari “E-ma'muriy ish” tizimiga elektron shaklda kiritilishi orqali amalga oshirilishi, ma’muriy ishlarni qog‘oz shaklda yuritish zarurati yuzaga kelganda, ushbu hujjatlar “E-ma'muriy ish” tizimiga elektron shaklda kiritilishi hamda uning qog‘oz shakli bevosita vakolatli organda saqlanishi, ma’lumotlar elektron shaklda idoralararo axborot almashish orqali amalga oshirilishi, vakolatli organlar tomonidan huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvox, va xolislar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sudga yuborish, shuningdek, sudda ishni ko‘rish bilan bog‘liq ma’lumot almashinuvi faqat “E-ma'muriy ish” tizimi orqali amalga oshirilshi, vakolatli organlar tomonidan huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganda sudlarning vakolatiga kiradigan ma’muriy ishlar «E-ma’muriy ish” tizimi orqali tegishli sudlarga yuborilishibo‘yicha tushuncha berildi. qiziqtirgan boshqa savollarga javob berdi.

Shu bilan birga, ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan joyning o‘zida zamonaviy planshetlar orqali rasmiylashtirish va planshetdan foydalanish tartibi va uning boshqa imkoniyatlari bo‘yicha Milliy gvardiya xodimlarining qiziqtirgan boshqa savollariga javob berdi.

Kelgusida, “E-ma'muriy ish” tizimi orqali ish yuritishda samarali hamkorlik ta’minlash va rivojlantirish bo‘yicha tegishli chora-tabdilar rejasini amaliyotga joriy etish yuzasidan kelishib olindi.