Loyiha haqida

Oʼzbekiston Respublikasida axborotlashtirish sohasi davlat siyosati darajasiga koʼtarildi. Bu esa, axborot resurslarini, axborot texnologiyalarini va axborot tizimlarini rivojlantirish va takomillashtirishda, zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda, milliy axborot tizimlarini yaratishni talab etmoqda.

Jumladan huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatining axborot taʼminotini jadallashuvi, ishonchli maʼlumotlarni muntazam yigʼib borilishi, uning oʼz vaqtida va sifatli tahlil qilinishi hozirgi sharoitda muhim shartlaridan bir hisoblanadi.

Аxborot jarayonlarini avtomatlashtirish kompьyuter texnikasini joriy etishga, maʼlumotlarni yigʼish, saqlash, qayta ishlash va ular asosida maʼlumotlarni berish avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratishga bevosita bogʼliqdir.

Zamonaviy axborot - zamonaviy tamoyillarga asoslangan boʼlishi lozim. Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmat xodimlari va boshqa vakolatli davlat organlari uchun statistik tahlil faoliyatining zaruriy sharti hisoblanadi.

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmat xodimlari va boshqa vakolatli davlat organlari faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun samarali tashkillashtirilgan axborot taʼminoti tizimi zarur boʼlib keldi. Ushbu tizimning asosiy elementi oʼzaro bogʼlangan maʼlumotlar bazalari toʼplami hisoblanishi bilan boshqa tizimlardan ajralib turadi.

Zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalari, axborot tarmoqlari, huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyatida mavjud avtomatlashtirilgan tizimdan samarali foydalanish, yuqori mahorat bilan, tezkor va sifatli tayyorlash va axborot texnologiyalari yordamida maʼlumotlar almashinuvini amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Bugungi kundaIchki ishlar organlari toʼgʼrisidavaHuquqbuzarliklar profilaktikasi toʼgʼrisidagi Oʼzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish uchun statistika maʼlumotlari yagona tizimini yanada takomillashtirish, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va maʼmuriy huquqbuzarlik yoʼli bilan maʼnaviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxslar boʼyicha tizimli tahlil oʼtkazish va ularning yagona markazlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida 2018 yil 3 mayda Vazirlar Mahkamasining 322-son qarori qabul qilindi.

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi 322-son qaroriga asosan Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va maʼmuriy huquqbuzarlik yoʼli bilan maʼnaviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobga olish tartibi toʼgʼrisida Nizom tasdiqlandi.

Mazkur yoʼnalishda ish samaradorligini oshirish maqsadida, toʼlov tizimlari orqali jarimalarni toʼlanishi uchun eJarima.uz veb-sayti, telegram Jarima_botni yaratish, mazkur axborot tizimini davlat xizmatlariga taqdim etish hamda ichki ishlar organlarida maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan va jabrlanuvchilarniyagona markazlashtirilgan axborot tizimini mobil (Android) dasturiy taʼminoti ishlab chiqildi va fuqarolarimiz ijtimoiy tarmoqlar orqali maʼmuriy huquqbuzarlik toʼgʼrisidagi maʼlumotlarga ega boʼlish imkoniyati yaratildi.