Qidiruv... Iltimos, kuting...
Ma'muriy bayonnomani izlash
Ushbu bo'limda ma'muriy huquqbuzarliklar uchun to'lanmagan jarimalar mavjudligi to'g'risidagi ma'lumotlarni bilib olishingiz mumkin.
Toʼlanmagan jarima nimaga olib keladi?
— Respublikadan chiqishga cheklovga olib keladi
— Shaxsiy mulkingizga jarima solishi mumkin
— Sizga ma'muriy ish qo'zg'atishi mumkin
Ko'p so'raladigan savollar
Siz jarimani Payme va Click to'lov tizimlari orqali onlayn to'lashingiz mumkin
Bundan tashqari, jarimani banklarda va onlayn bank resurslarida to'lash mumkin.
Diqqat! Agar ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ma'lumotlarga e'tirozingiz bo'lsa, ma'muriy bayonnomada ko'rsatilgan tegishli organga murojaat qilishingiz lozim.
Qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati bo'lgan sud hujjatidagi (keyingi o'rinlarda — ijro hujjati) talablar qarzdor tomonidan uzrli sabablarsiz belgilangan muddatda ijro etilmaganda qo'llaniladi. Agar ijro hujjati sud hujjati bo'lmasa va sud hujjati asosida berilmagan bo'lsa undiruvchi qarzdorga O'zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni belgilash to'g'risida ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli. Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qarorida qarzdor tomonidan ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun belgilangan muddatda uzrli sabablarsiz ijro etilmagan taqdirda unga nisbatan majburiy ijro harakatlari qo'llanilishi, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishini ko'rsatadi. (O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 25.08.2009 yilda ro'yxatdan o'tkazilgan NIZOM, ro'yxat raqami 1997)