116-modda prim-1. Havo kemasidan foydalanish vaqtida lazer nurini yo‘naltirish orqali xalaqit berish

Havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yo‘naltirish orqali xalaqit berish — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.