57-modda. Tanosil kasalligi yoki OIV kasalligi/OITS yuqadigan manbani yashirish

Tanosil kasalligiga yoki OIV kasalligi/OITSga uchragan bemorning kasallik yuqtirilgan manbani, shuningdek o‘zi bilan aloqa qilib tanosil kasalligi va OIV kasalligi/OITS yuqishi xavfini tug‘dirgan shaxslarni yashirishi — eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.