60-modda prim-1. Sug‘oriladigan erlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaslik

Sug‘oriladigan erlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha er egasi, erdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rmaslik, — fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.