132-modda. Kema haydovchilarining kichik hajmli kemalarni mast holda boshqarishi

Kema haydovchilarining kichik hajmdagi kemalarni mast holda boshqarishi, shuningdek kichik hajmli kemalarni boshqarishni alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holdagi shaxslarga topshirish — eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki kema haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.