105-modda. Tarkibida giyovand moddalar bo‘lgan ekinlarni qo‘riqlashni ta’minlash choralarini ko‘rmaganlik

Tarkibida giyovand moddalar bo‘lgan nasha va moyli ko‘knor ekinlarini, mazkur ekinlar hosilini saqlash va qayta ishlash joylarini qo‘riqlash yuzasidan belgilangan tartibni ta’minlash choralarini ko‘rmaganlik, shuningdek tarkibida giyovand moddalar bo‘lgan shunday ekinlarning ang‘izlari va ishlab chiqarish chiqindilarini yo‘q qilib tashlash choralarini ko‘rmaganlik — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.