51-modda prim-9. Jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini chop etish (e’lon qilish) tartibini buzish

Jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini, shuningdek saylov yoki referendum bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni chop etish (e’lon qilish) tartibini buzish, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.