93-modda. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar turlarini saqlashga zarar keltiradi deb topilgan hayvonlar yoki o‘simliklarni qonunga xilof ravishda olib kelish

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar turlarini saqlashga zarar keltiradi deb topilgan hayvonlar yoki o‘simliklarni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish — fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.