116-modda prim-2. O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish

O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, shu jumladan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining yigirma baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.