59-modda. OIV kasalligi/OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek tibbiy va kosmetik muolajalarni o‘tkazishda xavfsizlikni yetarli darajada ta’minlamaganlik

OIV kasalligi/OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek OIV kasalligi/OITSni yuqtirishga olib keladigan tibbiy va kosmetik muolaja o‘tkazishda xavfsizlikni yetarli darajada ta’minlamaganlik — eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.