44-modda. Hujjatlar bilan tanishib chiqishni asossiz ravishda rad etish

Fuqaroga uning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishni asossiz ravishda rad etish — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.