116-modda prim-3. Aviatsiya xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni buzish

Aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tmagan shaxslarni, qo‘l yukini yoki bagajni, yukni, pochtani, bort zaxiralarini yoxud havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalarni yoki predmetlarni havo kemasi bortiga yetkazib berish yoki yetkazib berishga ko‘maklashish, — fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.