73-modda. Zararli moddalar va qorishmalarga oid operatsiyalarni kema hujjatlarida qayd etish majburiyatlarini bajarmaslik

Kema yoki boshqa suzish vositasi kapitani yoki boshliqlar tarkibiga mansub boshqa shaxslar tomonidan zararli moddalar yoki qorishmalarga oid operatsiyalarni kema hujjatlarida qayd etish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilmasligi — eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.