62-modda. Topib olingan mol-mulkni yashirish

Topib olingan yoki tasodifan qo‘liga tushib qolgan qiymati eng kam ish haqining uch baravaridan ortiq bo‘lgan o‘zganing mol-mulkini yashirish — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.