78-modda. Kesiladigan o‘rmon fondidan foydalanish tartibini buzish

Kesiladigan o‘rmon fondidan foydalanish, yog‘och tayyorlash va tashib olib ketish tartibini, shuningdek o‘rmon kesish chiptasi (orderi)da yoki o‘rmon chiptasida belgilangan boshqa talablarni buzish — fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.