56-modda. Giyovandlik vositalarini yoki psixotrop moddalarni oz miqdorda g‘ayriqonuniy tarzda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish

Giyovandlik vositalarini yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay oz miqdorda g‘ayriqonuniy tarzda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish — giyovandlik vositalarini, psixotrop moddalarni musodara qilib, eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud giyovandlik vositalarini yoki psixotrop moddalarni musodara qilib, o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq jazosiga sabab bo‘ladi.