95-modda. Tabiiy muhitni tiklash, tabiiy zaxiralarni qayta hosil qilish va tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatish oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rmaganlik

Tabiiy muhitni tiklash, tabiiy zaxiralarni qayta hosil qilish va tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatish oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rmaganlik — fuqarolarning eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.