153-modda. Aloqa xizmatining sifatiga doir normalar va davlat standartlarini buzish

Aloqa xizmatining sifatiga doir normalar va davlat standartlarini, davlat aloqa tarmog‘i bilan bog‘lanadigan simli elektr aloqa vositalarining, radionurlanishlarining parametrlarini buzish — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.