58-modda. Tanosil kasalligiga yoki OIV kasalligi/OITSga uchragan shaxslarning tekshirishdan bo‘yin tovlashi

Tanosil kasalligiga yoki OIV kasalligi/OITSga uchraganligi haqida yetarli ma’lumotlar bo‘lgan shaxslarning sog‘liqni saqlash organlari tomonidan ogohlantirilganidan keyin ham tekshirishdan bo‘yin tovlashi — eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.