137-modda. Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish

Yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi — eng kam ish haqining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga yoxud o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.