112-modda. Mexanizatorlar tomonidan qishloq xo‘jalik mashinalaridan texnik jihatdan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalarini qo‘pol ravishda buzish

Mexanizatorlar tomonidan traktorlar, kombaynlar va boshqa xil o‘ziyurar qishloq xo‘jalik mashinalaridan texnik jihatdan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalarini qo‘pol ravishda buzish — eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki mexanizatorlarni ushbu mashinalarni boshqarish huquqidan bir yilgacha muddatga mahrum qilishga sabab bo‘ladi.