47-modda prim-1. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaslik

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shunday bolalar turgan muassasa rahbari yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsi tomonidan vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaslik, xuddi shuningdek ular tomonidan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqida atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar berish — mansabdor shaxsga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.