69-modda. Chegara va cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish

Egalikdagi va foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, o‘rmonlardagi cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.