146-modda prim-1. Tashuvchining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyatini bajarmasligi

Tashuvchining yo‘lovchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun qonunda belgilangan o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyatini bajarmasligi, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.